Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Isroil davlatida bo‘lib qaytdi
28.03.2023 2023-03-31 9:46Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Isroil davlatida bo‘lib qaytdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Isroil davlatida bo‘lib qaytdi
Yaqinda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov, Anatomiya va OXTA kafedrasi mudiri Ravshan Baymuradov va boshqa masu’lardan iborat delegatsiya Isroil davlatida joylashgan Ariel univeritetida tashkil etilgan forumda ishtirok etib qaytishdi. Sammitning maqsadi XXI asrda akademik hamjamiyat oldida turgan global muammolarni birgalikda hal qilish imkonini beradigan dolzarb masalalarni muhokama qilish, tajriba, g‘oya va tashabbuslar almashish, yangi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
BuxDTI vakillari Ariel universiteti forumining ochilish marosimiga bir qancha ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.
Forumning keyingi kunlari Ariel universiteti kampusining infratuzilmasi bilan tanishib, universitet rektori, rahbariyati bilan uchrashuvlar hamda laboratoriyalar va simulyatsiya markaziga tashriflar amalga oshirildi. Ikki oliygoh vakillari hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazish, immuno-gistokimyo laboratoriyasini GMP va GLP standartlari bo‘yicha jihozlashda Isroil amaliyotini joriy qilish masalalari, Simulyatsiya markazi faoliyatini o‘rganish va BuxDTI simulyatsiya markazi faoliyatiga joriy qilish, shu bilan birga hamkorlikda 2 ta qo‘shma ta’lim dasturini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolashga kelishib olindi, ikki OTM orasida qo‘shma ta’lim dasturlarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tarkibi kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, mazkur safardan kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat:
Kelgusida ikki oliy ta’lim dargohlari hamkorlikda ilmiy-tadqiqot o‘tkazish va xalqaro grantlarga proektlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
– 2023/2024 o‘quv yilidan bishlab “Tibbiy biologiya va molekular genetika” bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish;
– hamkorlikda yuqori texnologik operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish; – magistratura, klinik ordinatura, doktorantura talabalarining va professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini hamda akademik mobillik doirasida almashinuvlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Buxoro davlat tibbiyot instituti Isroilning Ariel universiteti bilan hamkorlik aloqalarini 2022 yil sentabr oyidan boshlab yo‘lga qo‘ygan edi. O‘shanda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Birinchi O‘zbekiston Isroil akademik forumi”da ishtirok etgan Isroilning Ariel universiteti rektori Albert Pinxasov institutga tashrif buyurib, rektor Sh.Teshayev bilan muzokaralar olib borgan edi.