BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Jeneva universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

photo_2023-12-04_09-36-42

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Jeneva universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorning Jeneva (Shvetsariya)ga tashrifi davom etmoqda. Bugun 29-noyabr kuni QS,THE, Ranking Impakt xalqaro TOP-1000 reytinglarning 49-o’rnini egallagan Jeneva Universitetida ilmiy va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Mathieu Nendaz va tibbiyot fakulteti dekani Antoine Geissbuhlar bilan diplomatik uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda xamkasblar ilmiy, o’quv, davolash, diagnostika, diplomdan keyingi ta’lim hamkor loyihalarni amalga oshirish, Shvetsariya o’quv dasturlarini bosqichma-bosqich Respublikamiz o’quv dasturlariga kiritish to’g’risida suhbat olib borildi. Suhbat yakunida Jeneva universiteti vakillarini O’zbekistonga taklif etish va Buxoro davlat tibbiyot institutidagi sharoitlar bilan tanishtirishga kelishib olindi.

Xizmat safaridagi barcha hamkorlik masalalari O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash vazirligining Shvetsariyadagi rasmiy vakili Gulbahor Rustamova bilan birgalikda olib borilmoqda.