Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Xitoydan muhim kelishuvlar bilan qaytdi
26.05.2026 2026-06-01 9:55Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Xitoydan muhim kelishuvlar bilan qaytdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Xitoydan muhim kelishuvlar bilan qaytdi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi hamda qator xalqaro tibbiy anjumanlarda ishtirok etib, muhim hamkorlik kelishuvlariga erishdi.
Institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov boshchiligidagi delegatsiya Sian Jiatong universitetida tashkil etilgan “Urologiya va nefrologiyada Xitoy xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot integratsiyasi” hamda **“Xitoy–Tailand–O‘zbekiston klinik tibbiy ta’lim almashinuvi forumi”**da qatnashdi.






🤝 Forum doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti va Sian Jiatong universitetining 2-affillangan shifoxonasi o‘rtasida:
✅ Xitoy–O‘zbekiston buyrak intervension diagnostika va davolash markazini tashkil etish;
✅ “Qonni tozalash amaliyotlari tartib-qoidalari” hamda “Intervension nefrologiya amaliyotlari bo‘yicha qo‘llanma” kitoblarini o‘zbek va rus tillarida hamkorlikda nashr etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
🧠 Tashrifning eng muhim natijalaridan biri sifatida Buxoroda sun’iy intellekt asosidagi tibbiy ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish laboratoriyasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.





🔬 Loyiha doirasida:
▫️ diabetik nefropatiyani erta aniqlash;
▫️ buyrak kasalliklarini prognozlash uchun AI modellari yaratish;
▫️ gemodializ bemorlarini raqamli boshqarish;
▫️ sun’iy intellekt yordamidagi telemeditsina platformalarini joriy etish rejalashtirilgan.
🎓 Sian Jiatong universiteti rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ham belgilab olindi:
🔹 ayollar onkologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar;
🔹 “Visiting Professor” dasturini yo‘lga qo‘yish;
🔹 2027/2028-o‘quv yilidan magistratura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish;
🔹 universitetning elektron ilmiy bazalaridan bepul foydalanish;
🔹 sun’iy intellekt, nefrologiya, akusher-ginekologiya, bioinformatika, biotibbiyot muhandisligi va tibbiy texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish.




📈 Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy texnologiyalarni tibbiy ta’lim va amaliyotga joriy etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.