Buxoro davlat tibbiyot instituti EduFest 2025 xalqaro ta’lim yarmarkasida
31.05.2025 2025-06-02 10:32Buxoro davlat tibbiyot instituti EduFest 2025 xalqaro ta’lim yarmarkasida
Bugun, 2025-yil 31-may kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “EduFest 2025” xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda dunyoning 100 dan ortiq nufuzli universitetlari va ta’lim markazlaridan mehmonlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qatorida Buxoro davlat tibbiyot instituti ham ushbu yirik forumda faol ishtirok etmoqda. Institut nomidan tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida L. Niyozov xalqaro mehmonlar va ta’lim tashkilotlari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot institutining ta’lim imkoniyatlari, xalqaro dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ilmiy salohiyati haqida atroflicha ma’lumot bermoqda.

“EduFest 2025” xalqaro ta’lim maydonchasi sifatida turli davlatlar o‘rtasida akademik almashinuv, hamkorlikdagi ta’lim dasturlari va talabalar uchun yangicha imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlarda ishtirok etish orqali institut xalqaro maydonda o‘z nufuzini yanada oshirib, istiqbolli hamkorliklarga yo‘l ochmoqda.
