Buxoro davlat tibbiyot instituti faollari taqdirlandi
08.09.2025 2025-09-09 12:41Buxoro davlat tibbiyot instituti faollari taqdirlandi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi yaqinda o‘zining 35 yillik tantanasini keng nishonladi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro forum institut hayotida muhim voqea bo‘ldi.






Tadbirda nafaqat O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot olimlari, balki xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan nufuzli professorlar ham qatnashib, institutning ilmiy salohiyatiga yuksak baho berdilar.






Mazkur forumni tashkil etishda institut jamoasining ko‘plab fidoyi xodimlari katta mehnat qilganligi alohida e’tiborga loyiq. Bugun esa institut rektori Shuhrat Teshaev ularning xizmatlarini qadrlab, bir guruh faol xodimlarni maxsus “Buxoro davlat tibbiyot instituti 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.






Ta’kidlash joizki, ushbu mukofot institutning fidokorona mehnat qilayotgan pedagoglari, tashkiliy jarayonlarda faol ishtirok etgan xodimlari va yoshlar orasida tashabbuskorligi bilan ajralib turgan faollarga topshirildi.






Buxoro davlat tibbiyot institutining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar nafaqat oliygoh tarixida, balki mamlakatimiz tibbiyot ta’limi rivojida ham muhim bosqich sifatida qayd etildi.






Mazkur mukofotlar esa institut jamoasining fidoyiligini e’tirof etish, kelgusida yanada samarali faoliyat yuritishga turtki bo‘lishi shubhasiz.



