BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Fransiya bilan hamkorlik aloqalarini boshladi

661151eaca14f0daac2d1

Buxoro davlat tibbiyot instituti Fransiya bilan hamkorlik aloqalarini boshladi

Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Fransiyaning nufuzli tibbiyot ta’lim muassasasi – Psixomotor terapeya oliy instituti (Institut Supérieur de Rééducation Psychomotrice (ISRP) bosh direktori Jerard Xermant tashrif buyurdi.

Avvalo mazkur institut haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, fransiya  PTOIga 1967 yild asos solingan bo‘lib, Parij shahrida joylashgan bu muassasa mana 50 yildan ortiq vaqt davomida turli darajadagi psixologik nevrologik tadqiqotlar, davolash terapiya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Butun Yevropa va Osiyodagi davlatlar bilan hamkorlik qilib keladi. 

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. Bir nechta xorijiy davlatlardan 2000ga yaqin talabalar kelib tahsil olmoqda.

Fransiyalik mehmon BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyazov hamrohligida foydalanishga topshirilishiga oz muddat qolgan institutning yangi kampusi, u yerda tashkillashtirilgan Simulyatsion markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi.       

Kelgusida Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi, rektor Shuxrat Teshayevni Parijga taklif qildi.Tashrif chog‘ida ikkala oliy ta’lim muassassi raxbarlari o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra, talabalar va professor o‘qituvchilar akademik mobilligi doimiy ravishda olib boriladi.

Eng asosiysi, kelajakda Buxoro davlat tibbiyot institutida hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari ochishga kelishildi.