BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi 9-yig‘ilishi

Ilmiy kengash4

Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi 9-yig‘ilishi

Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda kengash a’zolari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etmoqda. Kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar boshlandi.

Yig‘ilish avvalida institut mehmoni — Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakukteti dekani Tagir Akabarov tomonidan institut rektori Shuhrat Teshayevga DDTUning “Faxriy professor” diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida kengash raisi, professor Shuhrat Teshayev bir guruh olimlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc), dotsent va professorlik diplomlarini tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni egallab, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.

Yig‘ilish davomida institutimizda mehmon bo‘lib turgan Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti vakillari — stomatologiya fakulteti dekani Tagir Abakarov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kurbanova Raisat Gabibulaevnaga Buxoro davlat tibbiyot institutining “35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.