BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Iordaniya bilan hamkorlik qiladi

401

Buxoro davlat tibbiyot instituti Iordaniya bilan hamkorlik qiladi

Shu kunlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Iordaniyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrifdan asosiy maqsad Iordaniya oliy ta’lim vazirligi tomonidan BuxDTIni akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun chora-tadbirlarni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.

Safar davomida Buxoro davlat tibbiyot instituti akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan va qiziqish bildirgan ta’lim sohasidagi barcha hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun rektor Sh.Teshayev, prorektor Laziz Niyozov, bo‘lim boshlig‘i Yelena Xaribova ishtirokidagi vakillarimiz Iordaniya Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligida bo‘lishdi. Vazir o‘rinbosari Maumun al Dabiy bilan uchrashuv o‘tkazib, bir qator dolzarb va manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. O‘z navbatida Sh.Teshayev Buxoro davlat tibbiyot institutining bugungi akademik imkoniyati va xalqaro hamkorlik geografiyasi, ta’lim jarayonlari va boshqa masalalar haqida tushuntirish berib o‘tdi.

Shuningdek, Iordaniyaning oliy ta’lim va tadqiqotlar vazirligi vakillari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Muloqot chog‘ida akkreditatsiya jarayoni uchun kerak bo‘ladigan barcha savollar va masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda mazkur davlat fuqarolari ham Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olmoqda. Vakillarimizning Iordaniyadagi xizmat safari davom etmoqda. Safar tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.

Ma’lumot o‘rnida:
Iordaniya podsho
hligi Yaqin Sharqda, Osiyoning g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 11 mln kishi. Poytaxti — Amman shahri.