BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Isroilning nufuzli universiteti bilan hamkorlik qiladi

cc72381895c6e1664f9e7

Buxoro davlat tibbiyot instituti Isroilning nufuzli universiteti bilan hamkorlik qiladi

Shu kunlarda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Birinchi O‘zbekiston  Isroil akademik forumi”da ishtirok etgan Isroilning Ariel universiteti rektori Albert Pinxasov va universitetning   strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nadya Lermakov Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. Bir nechta xorijiy davlatlardan 1000ga yaqin talabalar kelib tahsil olmoqda.

Xorijiy davlatlar bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bugunga kelib hamkor oliygohlarga borib joylashib tahsilni davom ettirishmoqda.

Kecha institutga tashrif buyurgan Isroilning Ariel universiteti rektori Albert Pinxasov BuxDTI rektori Shuxrat Teshaev hamrohligida foydalanishga topshirilishiga oz muddat qolgan yangi kampus, u yerda tashkillashtirilgan Simulyatsion markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi.

Kelgusida Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi, rektor Shuxrat Teshaevni Ariel universitetiga taklif qildi.

Tashrif chog‘ida ikkala oliy ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik memoriandumi imzoladi. Unga ko‘ra, talabalar va professor o‘qituvchilar akademik mobilligi doimiy ravishda olib boriladi. Eng asosiysi, kelajakda Buxoro davlat tibbiyot institutida hamkorlik doirasida qo‘shma Molekular genetik laboratoriyasi tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: Ariel universiteti 1982 yilda tashkil etilgan.  Isroildagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda 8ta fakultetida 15 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.