BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ayollar muruvvat uyiga borishdi 

Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ayollar muruvvat uyiga borishdi 

Insonlarni do‘stlik, ahillik va birdamlikka chorlovchi xususiyat bu mehr-muruvvatdir. Mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovatpeshalik o‘zbek xalqiga xos umrboqiy an’analardan hisoblanadi. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan insonlarni ko‘rganda, ularning mayus ko‘zlariga boqilganda sog‘likni qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh uradi.  

Shu maqsadda Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi  Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Buxoro   nogironligi bo‘lgan xotin qizlar muruvvat uyiga  tashrif buyurishdi.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbir davomida mehmonlar bu yerda yashayotgalarn bilan dildan suhbat qurishdi. Ularning hayotga qiziqishlari, ko‘zlaridagi quvonch va minnatdorchilikni ko‘rib, mehr-muruvvat qanchalik kuchli qadriyat ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilindi.