Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi G‘ijduvondagi sog‘lomlashtirish aksiyasida ishtirok etmoqda
05.06.2022 2022-06-06 7:42Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi G‘ijduvondagi sog‘lomlashtirish aksiyasida ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi G‘ijduvondagi sog‘lomlashtirish aksiyasida ishtirok etmoqda
Mamlakatimizda tibbiyotning xalq bilan masofasi yanada yaqinlashmoqda. Olis va chekka hududlarda yashovchi bemorlar huzuriga Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari, soha olimlari, malakali shifokorlarning o‘zlari kirib borishyapti. Bunday tadbirlar Buxoroda ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Shu kunlarda viloyatda tashkil etilayotgan sog‘liqni saqlash vazirliginin sayyor qabullari doirasidagi tibbiy tadbirlar buning yorqin dalilidir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarda poytaxtdan kelgan 150 nafardan ziyod tajribali shifokorlar “xonadonbay” tamoyili asosida o‘rganishlar olib borib, joylarda kasalliklar balansini shakllantirishga ko‘maklashmoqda.
Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining nufuzli professor-o‘qituvchilari va malakali shifokorlari ko‘mak bermoqda.
Shu tariqa hududlar kesimida bemorlar ro‘yxati shakllantirilib, og‘irlik darajasi bo‘yicha tasniflanyapti. Yuqori texnologik amaliyotlarga, statsionar davolanishga muhtoj toifa Davlat tibbiy sug‘urtasi va tegishli fondlar mablag‘lari hisobidan operatsiyaga tavsiya etilyapti.
G‘ijduvon tumanida erta tongdan boshlangan tibbiy ko‘rikda jarayonida 600dan ortiq fuqarolar tibbiy tavsiyalar va xulosalar berishdi. Jarayonlarni tuman hokimi Sherzod Ashurov, BuxDTI rektori, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Shuxrat Teshaev, viloyat SSB rahbariyati kuzatib borishdi.
Tashkil etilgan mobil apparatlarda EKG, UZI, mammograf tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Prezident tomonidan aytilgan vazifa va topshiriqlar, sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘inida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va asoratlarining oldini olishga qarantilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Eng muhimi, aholiga sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik har qanday kasallik, jumladan, endokrin kasalliklarning oldini olishning asosiy sharti ekani mutaxassislar tomonidan aholiga tushuntirilmoqda.