Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi salomatlik tadbirlarida
17.02.2024 2024-02-19 13:49Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi salomatlik tadbirlarida
Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi salomatlik tadbirlarida
Har haftaning juma kuni erta tongdan sharif shahar olimlari ziyorat velomarafoni hamda ertalabki badantarbiya mashqlarida to’planishadi.
Bugun ham Buxoroda “Avtomobilsiz kun” va “Sog‘lom hayot uchun” yurish marafoni o‘tkazildi. Salomatlik yo‘lida o‘tkazilgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasida minglab buxoroliklar faollik ko‘rsatdi.
Haydovchilar ushbu kunda avtomobil va mototsikllardan foydalanmasdan, sog‘lom turmush tarzini tanlab, reja qilgan manzillariga velosiped yoki piyoda borishga harakat qilishadi. Ushbu kunda sog‘lom turmush tarzi bir maqsad bo‘lsa, hech bo‘lmasa bir kun havoni zaharli gazlardan tozalash yana bir maqsad hisoblanadi.
Shu munosabat bilan ushbu aksiya tadbirida Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur targ’ibot tadbirlarida institut professor-o’qituvchilari doimiy ravishda tibbiyot xodimi sifatida sog’lom turmush tarzi va salomatlik targ’ibotchisi sifatida gavdalanadi.