BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti Video galereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi “Zakovat” turnirining mutloq g‘olibiga aylandi

Zakovat4

Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi “Zakovat” turnirining mutloq g‘olibiga aylandi

Ayni kunlarda Prezident sovrini uchun talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiadaning respublika bosqichida 50 ta oliy ta’llim muassasasi jamoasi va 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular “Zakovat”, erudit-kvartet, shashka, shaxmat va shaxsiy o‘yinlarida kuch sinashdilar.

“Zakovat” o‘yinida qo‘shimcha savollardan so‘ng g‘oliblar ma’lum bo‘ldi:

1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti;

2-o‘rin: University of science and technology;

3-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti.

G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 100 million so‘m;

2-o‘rin: 60 million so‘m;

3-o‘rin: 40 million so‘m.