Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi.
09.11.2024 2024-11-09 14:03Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi.
Viloyatda aholi sihat-salomatligini mustahkamlash, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, xalqimiz farovonligi, turmush darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtdoshlarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib umrguzaronlik qilishida, ertangi kunga ishonchi yanada ortishida muhim o‘rin tutmoqda.
Bunda hech shubhasiz, Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasining ham xizmatlari beqiyos.
Mazkur muassasada ham tibbiyot xodimlari kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Klinika direktori yig‘ilganganlar kasb bayramlari bilan qutlab, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, shu bilan birga shifokorlarga ham alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. Hamkasblarining kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Hamda bir guruh shifokorlarni mukofotladi.