Buxoro davlat tibbiyot instituti magistrantlari Turkiyada amaliyot o‘tab qaytishdi.
30.05.2022 2022-05-31 12:50Buxoro davlat tibbiyot instituti magistrantlari Turkiyada amaliyot o‘tab qaytishdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti magistrantlari Turkiyada amaliyot o‘tab qaytishdi.
2019 yildan Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini boshlab yuborgan edi.
Joriy yilning 1-29 may kunlarida BUxDTining olti nafar magistranti bu davlatda bo‘lib universitet bazasidagi Istambul Bag‘chilar kasalxonasida malakaviy amaliyot o‘tab qaytishdi.
Talabalar mazkur klinik kasal xonasida bir oy davomida endourologiya, xirurgiya, laparaskopiya va boshqa bir qator murakkab jarrohlik amaliyotlarida bevosita ishtirok etishdi.
Turkiyaning nufuzli professor olimlaridan jarrohlikning nazariy bilimlarini o‘rganishdi. Shu bilan birga buxorolik bo‘lajak shifokorlar sohaga doir ilmiy-amaliy anjumanlarda va mahorat dasrlarida ishtirok etishdi. Shaharning tarixiy qadamjolariga sayohat qilishdi.