BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi

photo_2022-04-29_10-05-20

Buxoro davlat tibbiyot instituti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022 yil uchun Impast reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e’lon qildi.

Quvonarlisi, ilk bor yurtimizning 30 ta oliy ta’lim muassasasi ushbu reytingdan o‘rin egalladi.

Mazkur ro‘yxatda Buxoro davlat tibbiyot instituti ham bor!

➡️ Ma’lumot uchun, 2021 yilda ushbu reytingga 10 ta oliy ta’lim muassasasi kirgan edi. O‘tgan yili ushbu reytingda 94 ta davlatdan 1000 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan bo‘lsa, 2022 yilda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari qatnashdi.