BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI POLŞA VA QIRĞIZISTON UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARINI IMZOLADI
29.10.2026 2026-10-28 22:03BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI POLŞA VA QIRĞIZISTON UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARINI IMZOLADI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI POLŞA VA QIRĞIZISTON UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMLARINI IMZOLADI
Toşkent şahridida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini başladi. Nufuzli xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim sohasi rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda ekspertlar iştirok etmoqda.
Forumning asosiy maqsadi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş hamda yagona ta’lim makonini rivojlantirişdan iborat. Anjuman doirasida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini eşiriş, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etiş va xalqaro akademik aloqalarni yangi bosqichga olib çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Mazkur forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari — prorektor Laziz Niyazov va institut rektori Şuhrat Teşayev ham iştirok etmoqda. Ularning anjumandagi iştiroki tibbiy ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, xorijiy oliygohlar bilan özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Forum doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirişga qaratilgan muhim kelişuvlarga erişildi. Jumladan, Polşadagi Gdansk tibbiyot universiteti (Gdański Uniwersytet Medyczny) hamda Qirg‘izistonning Öş davlat universiteti bilan özaro hamkorlik memorandumlari imzoladi.

Gdansk tibbiyot universiteti Polşadagi yetakçi tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biri bölib, tibbiyot, farmatsevtika va soğliqni saqlaş sohalarida ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ushbu universitet bilan hamkorlik tibbiy ta’lim sifatini eşiriş, ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş va ilg‘or xorijiy tajribani örganiş uçun yangi imkoniyatlar yaratışi kutilmoqda.
Qirg‘izistonning Öş davlat universiteti bilan imzolangan memorandum esa ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş, akademik almaşinuvni rivojlantiriş hamda qöşma ilmiy loyihalarni amalga aşiriş uçun zamin yaratadi. Şuningdek, mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida tajriba almaşiş va mutaxassislar salohiyatini eşirişga xizmat qilişi mumkin.
Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot instituti dunyoning 60 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Yangi memorandumlar institutning xalqaro aloqalarini yanada kengaytiriş, tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.




Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati