Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari joylarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazmoqda
07.10.2023 2023-10-11 10:52Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari joylarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari joylarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazmoqda
Kecha Abu Ali ibn Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida professor-o‘qituvchilari hududlarda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida Jondor tumaniga borishdi.
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bir qancha mahallalardan murojaat qilgan mingdan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bemor va keksalarning uylariga borib, tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Mahalla vakillari malakali shifokorlardan jarroh, onkolog, akusher-ginekolog, terapevt va nevropatologlardan kerakli tavsiyalar olishdi. Mutaxassislarning tavsiyalarini sifatli hamda tezkor tashkil qilish maqsadida hududlarning o‘zida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi. Kun davomida tibbiyot xodimlari hududda 350ga yaqin fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tavsiyalar berishdi.
Mutaxassislar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir vaqtda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbat o‘tkazdilar.