BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori nufuzli xalqaro konferensiyada

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori nufuzli xalqaro konferensiyada1

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori nufuzli xalqaro konferensiyada

Joriy yilning 26-30 mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida Osiyo-Tinch okeani jigar o‘rganish assotsiatsiyasi (APASL) tomonidan tashkil etilgan 34-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Oblokulov Abdurashid Rahimovich ham ishtirok etmoqda.

APASL 2025 Beijing konferensiyasi gepatologiya sohasidagi eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, yangi ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bunday yirik tadbirda institutimiz vakili ishtirok etishi milliy tibbiyot ilm-fani taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega.

Konferensiya doirasida xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish, tajriba o‘rganish va ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalariga yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.