BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Ozarboyjonda  bo‘lib o‘tgan Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi

photo_2023-05-10_09-05-45

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Ozarboyjonda  bo‘lib o‘tgan Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi

Joriy yilning 3-6 may kunlari

Ozarboyjon tibbiyot universitetida davlat arbobi, marhum prezident  Haydar Alievning 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi. Anjumanda ko‘plab turkiy davlatlardan vakillar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi. Mazkur xalqaro anjumanda BuxDTIning yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Zubayda Baxranova ishtirok etib qaytdi.

Ozarbayjonda joriy yil “Haydar Aliev yili” deb e’lon qilingan. Ozar xalqi umummilliy yetakchisining 100 yilligi nishonlash sanasi doirasida atoqli davlat arbobining merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Anjumanda shu masalalar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari universitetda Ozarbayjon tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan Haydar Aliyevning fotosuratlari va nashrlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Anjumanda Haydar Aliyev shaxsining buyukligi haqida so‘z yuritilib, uningjuda katta va qadrli inson ekanini ta’kidlandi.

Anjuman so‘nggida madaniy ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturi tashkil etildi.