BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektorlari Belgiyada

photo_2023-11-21_14-14-10

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektorlari Belgiyada

Belgiya ta’lim kengashining 1-seminar treningi Bryussel (Belgiya) shaxrida bo’lib o’tmoqda. Ushbu Kengash dasturi O’zbekiston Oliy Ta’lim muassasalarini Yevropaning nufuzli institutlari bilan hamkorlik o’rnatish, hamkor loyihalarni qo’lga kiritish va Oliy ta’lim muassasasini dunyoga tanitish, mavqeyini oshirish, xalqaro reytinglarda munosib o’rin egallash,  ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, Yevropa OTM va ilmiy markazlarida professor-o’qituvchilarining tajriba almashish, malaka oshirish, talabalar bilan o’zaro  almashish, qisqa va uzoq muddatli stajirovka, diplomdan keyingi uzluksiz ta’limni yanada mukammallashtirish borasiga bag’ishlangan.

Seminar-treningda O’zbekistonning 32 ta OTMlaridan 2 ta rektor, 22ta ilmiy va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlar, 2 ta o’quv ishlari prorektori va sektor boshliqlaridan tuzilgan guruh qatnashmoqda.

Mazkur treningda Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Matluba Sanoyeva va Psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti Ma’rufjon Tilavov qatnashmoqda.