Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati iordaniyalik talabalar bilan uchrashdi
05.02.2026 2026-02-06 9:06Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati iordaniyalik talabalar bilan uchrashdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati iordaniyalik talabalar bilan uchrashdi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda prorektor Laziz Niyazov institutda tahsil olayotgan iordaniyalik talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘quv jarayoni, yashash sharoiti, ta’lim sifati, amaliyot masalalari, til bilan bog‘liq qiyinchiliklar hamda ijtimoiy-maishiy muammolar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Institut rahbariyati har bir masalaga alohida to‘xtalib, talabalar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni batafsil o‘rgandi.

Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Iordaniya davlatidan kelgan 50 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ular institutda yaratilgan shart-sharoitlar, professor-o‘qituvchilarning bilim va tajribasi hamda ta’lim jarayonidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.
Uchrashuvda xorijiy talabalar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, ularning murojaatlarini tezkor hal etish institut rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Yakunda mas’ul bo‘linmalarga talabalar tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda bunday uchrashuvlar kelgusida ham muntazam davom ettirilishi ma’lum qilindi.
