Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Polshaning nufuzli universitet medali bilan taqdirlandi
28.07.2022 2022-07-29 14:35Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Polshaning nufuzli universitet medali bilan taqdirlandi
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Polshaning nufuzli universitet medali bilan taqdirlandi
Joriy yilning 28 iyul kuni Polshaning Polonya universiteti vakillari – universitet rektori professor doktor Andrey Krinski, Andrey Mirski, Shimon Polak Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida istiqbolli hamkorlik masalalari to‘g‘risida muzokaralalar olib borildi. Natijada ikkita yirik loyiha haqida kelishuvga erishildi. Ulardan biri xalq tabobati yo‘nalishida dorivor-o‘simliklarni Yevropa bozoriga o‘tkazish, shuningdek O‘zbekistonda Polsha madaniyat markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Mazkur ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ERASMUS+ dasturi asosida 2018 yildan buyon olib borilmoqda. Joriy yilning iyun va iyult oylarida Buxoro davlat tibbiyot institutining uch nafar professor o‘qituvchisi Polshada bo‘lib, akademik mobillik dasturi asosida tajriba almashib kelishdi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, institut talabalari ham Polonya universitetida akademik mobillik asosida ta’lim olib qaytishadi.
Muzokalaralarga ko‘ra, Oliy hamshralik ishi va Farmatsiya(biotexnologiya) yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, Doruvor o‘simliklar va giyohlarni yetishtirish jarayonlarini patentlashtirish, turli xil grant loyihalarni tashkil etish kabi kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Polonya universiteti rektori Andrey Krinski institutimiz rektori Shuxrat Teshaevni ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun universitetning yuksak medali bilan mukofotladi.
Uchrashuv davomida mehmonlar institutning Xalq tabobati markazida bo‘lib, u yerdagi tabobatga as qotadigan zarur giyohlar, o‘simliklar va doruvor vositalar bilan tanishishdi. Shuningdek, qurilish ishlari nihoyalanayotgan yangi kampus binosini ham ko‘zdan kechirishdi.
Bunday harakatlar albatta mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilyotgan jadal islohotlar hamda institutimiz reytingini oshirishda olib borilayotgan ishlar natijasi sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim dargohi o‘z faoliyatini 1671 yil boshlagan bo‘lib, 1992 yildan beri universitet sifatida qayta tashkil etilgan. Universitetda 40dan ortiq yo‘nalishda ta’lim beriladi. Dunyoning 30ga yaqin davlatdan kelib mazkur universitetda ta’lim olishadi.