Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Rossiyadagi nufuzli forumda ishtirok etmoqda
24.06.2024 2024-06-27 15:04Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Rossiyadagi nufuzli forumda ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Rossiyadagi nufuzli forumda ishtirok etmoqda
24–25-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, oliy va professional ta’lim muassasalari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Mazkur forumda ishtirok etgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev nutq so’zladi. Shuningdek, forum doirasida Rossiya federatsiyasininbg nufuzli universitetlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari mamlakatimizning birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi bo’lgan mazkur institut bilan hamkorlik qilish, qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, amaliyotlar va akademik mobillik loyihalarini yo’lga qo’yishga kelishishdi.