BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik mehrga muhtoj yoshlar holidan xabar oldi

photo_2023-05-18_16-23-55

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik mehrga muhtoj yoshlar holidan xabar oldi

O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish»ga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishida yoshlar muammolariga alohida e’tibor qaratilayotgani, uyushmagan yoshlar soni yildan yilga tobora ortib borayotgani amaldagi mavjud qonunchilik va uni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish orqali yoshlar masalalariga oid qonunchilik normalarini takomillashtirishni, xususan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunida «uyushmagan yoshlar» tushunchasiga ta’rif berish hamda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini shakllantirish lozimligini taqozo etmoqda.

Prezidentimizning Yoshlarga oid siyosati ham aynan mana shunday omillarni o’z ichiga olgan. Kuni kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi guruh Shofirkon tumanida bo’lib, sog’lig’ida nuqsoni bor, nogironligi bo’lgan yoshlar bilan uchrashdi.

Ehtiyojmand oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berib, ularning muammolarini o’rgandi.
Shuningdek, sog’lig’idagi muammolari bo’yicha tibbiy ko’riklar va davolanish uchun tegishli yordam berilishini ma’lum qildi.

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati Shuxrat Teshayevning yoshlar bilan bunday uchrashuvi davom etmoqda.