Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik yoshlar muammolarini o‘rgandi
19.04.2023 2023-04-28 11:03Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik yoshlar muammolarini o‘rgandi

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik yoshlar muammolarini o‘rgandi
Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rag‘barlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqqa asosan, institut rektori Shuxrat Teshayev ham o‘ziga biritirilgan tumanlarda yashovchi yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganmoqda.

Kecha, institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek, xorijda ishlashga ketgan turli daftarlarda ro‘yxatda turadigan yoshlarning ota-onalari, qarindoshlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvlarda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rektori Sh.Teshayev imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamini berish ta’kidladi.

Kelgusida shofirkonlik yoshlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida tez-tez uchrashuvlar tashkil etishga kelishildi.
