BuxDTI matbuot xizmati

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING BAYRAM TABRIGI

Bayram tabrigi

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum hurmatli jamoa, professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlarlar!

Fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyachisi, ta’lim, fan, madaniyat, ma’naviyatni rivojlantirishning muhim huquqiy asosi, mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Darhaqiqat, har qanday davlatning Konstitutsiyasi bu davlatning dunyoda mavjudligini, shuningdek, uning huquqiy asosda yaratilganligini aks ettiruvchi hujjatdir. Mustaqilligimiz qomusi – Konstitutsiyamiz xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir.

Joriy yilgi bayram har galgisidan o`zgacha. Boisi milliy tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilindi. O‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasiga sodiq qolib, shu yo‘lda keng ko‘lamli ulkan ishlar amalga oshirildi, katta tajriba to‘plandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilangani fikrimizning yaqqol isbotidir. Ushbu qomusiy hujjatning milliyligi shundaki, unda milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, eʼtiqodlarimiz, umuman, milliy qadriyatlarimizni muhofaza qilish va rivojlantirish masalalari aniq belgilab berilgan. Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi atrofida butun jamiyat jipslashib umumxalq referendum asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olindi. Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo`ldi. O’zbekistonda insonning qadr-qimmati, sha’ni va g’ururi barcha sohalarda birlamchi ahamiyat kasb etishi – davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida belgilangani fuqarolarning buguni va ertasining huquqiy kafolatidir. 

Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning manfaatlari markaziy o`rinda turishi, xalqimiz farovonligi hamda qulay hayot kechirishini ta’minlash, xalqparvar ijtimoiy davlat barpo etish hamda adolat va qonun ustuvorligiga erishishdir. 

Mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat bo‘lgan 

Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 31 yil to`lgani munosabati bilan barchangizni yana bir bor tabriklayman. Yurtimizda tinchlik, xonadonlarimizda xotirjamlik hukm sursin.

Hurmat va ehtirom bilan

Shuhrat Teshayev

 Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori,  tibbiyot fanlari doktori, professor