BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIKI
21.10.2026 2026-10-21 8:46BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIKI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIKI
Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar! Qadrli hamkasblar!
Sizlarni milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizning bebaho timsoli bo‘lgan O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ona tilimiz — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy g‘ururi va o‘zligini o‘zida mujassam etgan buyuk ne’matdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, nufuzini yuksaltirish hamda kelajak avlodlarga boy va betakror meros sifatida yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uning ilm-fan, ta’lim, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro muloqotdagi imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tibbiyot oliy ta’limi tizimining ham o‘rni beqiyosdir.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, ilmiy va ta’limiy faoliyatda davlat tili me’yorlariga rioya etish hamda o‘zbek tilining tibbiyot sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi.
Aziz talabalar!
Ona tilimizni puxta o‘rganing, uning boy imkoniyatlaridan unumli foydalaning, so‘zlashuv va yozma nutq madaniyatingizni yuksaltiring. Zero, o‘z fikrini ravon, aniq va savodli ifoda eta olish — bilimli va yuksak salohiyatli mutaxassisning muhim fazilatidir.
Institutimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar ham ona tilimizni o‘rganish va uni targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Har yili dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Hindistondan kelgan minglab yoshlar institutimizda tibbiyot sirlarini egallash bilan birga, o‘zbek tilini ham o‘rganib, xalqimizning madaniyati va qadriyatlariga chuqur hurmat ko‘rsatmoqdalar. Ayniqsa, xalqaro talabalarimizning “O‘zbek tili bilimdoni” kabi respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgani ona tilimizning jozibasi va xalqaro nufuzi ortib borayotganining yorqin namunasidir.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Sizlarning ilmiy va pedagogik faoliyatingiz orqali ona tilimizga hurmat va yuksak nutq madaniyati yoshlarimiz qalbiga yanada chuqur singishiga ishonaman.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik hamda ilmiy-ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va ma’naviy boyligimizdir! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Shuhrat Teshayev,
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati