BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori talabalar bilan tushlik qildi

Yangilik1

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori talabalar bilan tushlik qildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda institutda ma’naviy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilib, talabalarning bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev tomonidan talabalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar xal etilmoqda. Bugun institut hududida joylashgan  yangi Talabalar oshxonasi faoliyati, ta’om tayyorlash jarayonlari hamda ta’omnoma bilan tanishib,  talabalar bilan birga tushlik qildi.

Albatta bunday tadbirlar talabalarning ko’nglini ko’tarish bilan bir qatorda, ular orasida mehr-muhabbat, insoniylik tuyg’ularini mustahkamlaydi.