BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori va prorektori Rossiyada bo‘lib qaytdi

a7b357f02f15f6039cebb

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori va prorektori Rossiyada bo‘lib qaytdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. 10dan ortiq nufuzli xorijiy universitet bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, unda talabalar  uchta tilda tahsil olmoqda.

Joriy yilning 2-3 mart kunlari BuxDTI rektori Shuxrat Teshaev va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov Rossiya Federatsiyasi bo‘lib,  Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida ikki oliygoh o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim olayatgan talabalar va ularning ota-onalari murojaatiga ko‘ra xizmat safari amalga oshirildi.

Safarning birinchi kunida universitet rektori Visampasha Xanaliev boshchiligida prorektorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida bugungi kunda amalga oshirilayatgan o‘quv uslubiy, ilmiy tadqiqot hamda qo‘shma ta’lim dasturi borasida amalga oshirilayatgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, DDTUda qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim olayatgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xorijiy talabalarning talabalar turar joyi, klinik bazalarda o‘tilayatgan darslar o‘rganildi. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari o‘rganilib tahlil qilindi. Ikkita oliy ta’lim muassasasi rektorlari boshchiligida talabalar turar joyida 15 nafar qo‘shma ta’lim dasturi asosida davolash ishi ta’lim yo‘nalishining 4 kursida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan qo‘yilgan muammolar birma-bir muhokama qilindi va ular ijtimomiy tarmoqlarda asossiz murojaat bilan chiqqanliklarini aytib bundan afsusda ekanligini ta’kidlashdi. 

Bundan tashqari safar davomida akademik mobillik doirasida universitet talabalariga ma’ruza darslari o‘tildi, Davolash ishi fakulteti, kafedralar, akkreditatsiya markaz, universitetning simulyatsiya markazi, axborot resurs markazi va universitet qoshidagi kollejda borayotgan o‘quv jarayonlari bilan tanishib chiqildi.

Kelgusida Buxoro shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumi va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti qoshidagi kollej bilan qo‘shma ta’lim dasturi ochish masalalari kelishib olindi.