BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

photo_2024-07-12_12-21-38

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etilgan.

Mazkur topshiriqni joylardagi barcha rahbarlar ijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev G’ijduvon tumanidagi Mirzayon va Mustaqillik mahallalarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand xonadonlardagi yoshlar holidan xabar oldi.

Jumladan, Shuhrat Teshayev ham o‘ziga biriktirilgan yoshlarga zarur texnik jihozlar topshirildi hamda ularni qiizil toifadan chiqarish bo‘yicha tegishli yo’l xarita chora-tadbilar dasturi asosida manzilli ishlar olib borilmoqda

Rektor boshchiligida institut jamoasining mazkur toifadagi yoshlar muammolarini o‘rganish hamda hal qilish ishlari muntazam amalga oshirilyapti.