BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

photo_2024-08-08_11-03-48

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etilgan.

Mazkur topshiriqni joylardagi barcha rahbarlar ijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev va G’ijduvon tuman hokimi o’rinbosari Jonibek Jumayev tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand xonadonlardagi 15 nafar yoshlar holidan xabar olishdi.

Jumladan, Shuhrat Teshayev ham o‘ziga biriktirilgan yoshlardan buri Gulbahor Hojiyevaga o’zining kichik tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan tikuv mashinkasi topshirdi.

Rektor boshchiligida institut jamoasining mazkur toifadagi yoshlar muammolarini o‘rganish hamda hal qilish ishlari muntazam amalga oshirilyapti.