BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

photo_2024-08-24_12-13-00

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etilgan.

Mazkur topshiriqni joylardagi barcha rahbarlar ijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand xonadonlardagi yoshlar holidan xabar olib, ular bilan suhbat tashkil etildi.

Jumladan, mazkur tumanda istiqomat qiluvchi, maktab o’quvchisi Fayzullayev Shaxzodga kerakli kiyim-bosh hamda maktab uchun o’quv qurollari taqdim etildi.