BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga biriktirilgan yoshlar holidan xabar olindi.

photo_2024-11-09_10-51-31

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga biriktirilgan yoshlar holidan xabar olindi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etilgan.

Mazkur topshiriqni joylardagi barcha rahbarlar ijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.

G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi “og‘ir” toifadagi yoshlar rektor Shuhrat Teshayevga ham biriktirib berilgan. bugun institut prorektori Zubayda Bahronova “Mustaqillik” ” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan yoshlar bilan uchrashib, ularning masala va muammolari o’rgandi.

Z.Bahranova mazkur yoshlar bilan uchrashib taklif va muammolarini o’rgandi hamda oziq ovqat mahsulotlari berdi.