BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

becb4b32-ee0f-44d4-8d67-6a0163160ac1

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida gulxan atrofida samimiy va ko‘tarinki ruhda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
​Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda turli ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Samimiy suhbatlar va muloqotga boy o‘tgan uchrashuv talaba-yoshlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
​Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kitobxonlik va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati