BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari e’tirof etildi

photo_2024-04-01_09-56-19

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari e’tirof etildi

Joriy yilning 29-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani xorijiy yosh olimlar ishtirokida o‘tkazildi.

Anjumanning yopilish marosimidan so‘ng, unda qatnashgan respublikamizdagi qator tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yosh olimlari uchun institutning yangi qurib bitkazilayotgan o‘quv binosiga ekskursiya tashkil etildi. 

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov yangi o‘quv bino, unda yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Buxoro davlat tibbiyot institutidan tashrif buyurgan talabalar Andijon davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan e’tirof etilib, Diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.