Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Janubiy Koreyada amaliyot o’tamoqda
11.07.2023 2023-07-12 11:13Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Janubiy Koreyada amaliyot o’tamoqda

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Janubiy Koreyada amaliyot o’tamoqda
Kecha xabar berilganidek Janubiy Koreyaning Degu Xani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga tashrif buyurib, Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi amaliyotni o’tashni boshlashdi.


Ikki tomonalama hamkorlik shartnomasiga ko’ra, Pediatriya fakulteti 138- kurs talabasi Muxsinov Muxammad Mirzo Mirsaidovich, Davolash fakulteti 1-kurs talabasi Sharipov Azizbek Ulug’bekovich hamda Tibbiy pedagogika, OHI va farmatsiya fakulteti 3-kurs talabasi Jurayeva Marjona Alisher qizi Janubiy Koreyaning Degu Xani universiteti taklif xatiga asosan xalq tabobati bo‘yicha yozgi amaliyot o‘tish maqsadida yuborildi.
Talabalarimiz ikki hafta davomida 8-iyuldan 23-iyul kuniga qadar Seul shahrida bo’lib, Koreyaning mazkur universiteti bilan yaqindan tanishish bilan birga yozgi amaliyotni o’tashadi.

