BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI KURASH BO‘YICHA MUSOBAQADA SOVRINLI O‘RINLARNI EGALADI

55d6899b-f5a5-4b06-8d2f-a7c17700030f

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI KURASH BO‘YICHA MUSOBAQADA SOVRINLI O‘RINLARNI EGALADI

​Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash milliy sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika turnirining 2-hududiy bosqichida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

​Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, institut talabalari quyidagi sovrinli o‘rinlarni egallashdi:

​Erkaklar o‘rtasida:

— 3-o‘rin: Shodiyev Shoxjahon (66 kg vazn toifasi, 334-guruh talabasi).

​Ayollar o‘rtasida:

— 2-o‘rin: Sharipova Asal (78 kg vazn toifasi);
— 3-o‘rin: Nurqilicheva Intizor (63 kg vazn toifasi).

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati