Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari madhiyasi uchun eʼlon qilingan tanlov yakunlandi!
18.04.2025 2025-04-19 13:50Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari madhiyasi uchun eʼlon qilingan tanlov yakunlandi!
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari madhiyasi uchun eʼlon qilingan tanlov yakunlandi!
Bugun institutimiz katta majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari madhiyasi tanlovi uchun Hayʼat muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Institut rektori Teshayev Shuhrat Jumayevich ochib berib, institut madhiyasi uchun eng munosib ish tanlab olinishini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.


Hayʼat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari va Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari taklif etildi.


Institut madhiyasi uchun nomzod sifatida kelib tushgan 50 dan ortiq ishlar orasidan eng munosibi deb 433-guruh talabasi Obidova Barchinoy tomonidan yozilgan ish topildi. Gʻolibga 5 mln soʻmlik vaucherni Rektor maslahatchisi Maʼruf Mahmudov topshirdi.


Shuningdek, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi tomonidan keltirilgan sheʼriy toʻplamlar Institut mushoira klubi koordinatori Tohirov Umidjon tomonidan qabul qilib olindi.