Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va rahbariyati “Men donorman” qon topshirish aksiyasida qatnashdi.
24.01.2024 2024-01-24 14:40Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va rahbariyati “Men donorman” qon topshirish aksiyasida qatnashdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va rahbariyati “Men donorman” qon topshirish aksiyasida qatnashdi.
BuxDTI talabalari va professor-o’qituvchilar viloyat qon quyish markazida tashkil etilgan “Men donorman” donorlik aksiyasi doirasida qon topshirish ishlarida faol ishtirok etdi. Ixtiyoriy ravishda qon topshirishga kelgan o‘qituvchi va talabalar dastlab malakali shifokor koʻrigidan oʻtganlaridan so‘ng tegishli tartibda qon topshirdilar. Ushbu aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun yuborilishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, bugungi aksiyada ishtirok etish uchun kelgan yoshlar ko‘ngilli qon topshirish ishlariga nihoyatda faollik va xayrixohlik bilan yondashdilar.


O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.

Bo’lajak shifokorlar bemorlarga har jihatdan yordam berishni o’zlarining burchi deb hisoblashmoqda.