BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yuqori natijalarga erishdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yuqori natijalarga erishdi1

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yuqori natijalarga erishdi

2025-yil 24-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar tibbiy ilmining zamonaviy yutuqlari” nomli V-Talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etdilar. Institutimizning ikki nafar talabasi turli seksiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, har biri oʻz seksiyasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Konferensiyada zamonaviy tibbiyot, fundamental fanlar va innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Bizning talabalarning taqdimotlari ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat va dolzarbligi jihatidan yuqori baholandi.

Bunday natijalar institutimizda talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan uzluksiz e’tibor va qo‘llab-quvvatlash samarasidir.