BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Xalqaro olimpiada1

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida an’anaga aylanib ulgurgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada jahonning o‘nga yaqin davlatlaridan jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Belorussiya va Ukraina davlatlarining 84 ta tibbiyot oliygohlaridan oflayn tarzda 670 nafar va onlayn tarzda 4141 nafar talabalar, xorijiy tibbiyot muassasalari rektorlari hamda 80 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev 4-marta tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazish va ularni munosib taqdirlashga balki, xalqaro do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga zamin yaratishini ta’kidlab, barcha olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi.

“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasida ishtirok etuvchilar ikki bosqichda, test sinovlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish orqali bellashadilar. Shu bilan bir qatorda an’anaviy tarzda qatnashayotgan 670 nafar talabalar o‘z amaliy bilimlarning jahon standartlari talablariga javob beruvchi 7-avlod simuliatsion robotlari orqali o‘zi ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Olimpiada o‘z ishini o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib bordi.

Mazkur olimpiadada Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham ishtirok etishdi.

Quyidagi talabalar yuqori natija qayd etishdi:

1. Teshayeva Xurshidabonu Shuxratovna – patologik fiziologiya II o‘rin

2. Choriyeva Moxinabonu Akmal qizi – ichki kasalliklar III o‘rin

3. Gapparaliyev Bekzod – ortopedik stomatologiya III o‘rin

4. Baxshilloyev Azizbek Bobirovich – terapevtik stomatologiya III o‘rin

5. Usmonov Amirbek Usmonovich – xirurgiya II o‘rin 

6. Ikromov Jasurbek Akmalovich – reanimatsiya va anesteziologiya II o‘rin

7. Axmedov Lazizxon Azizxonovich – xirurgiya II o‘rin

8. Uzakova Robiya Rustamovna – neyroxirurgiya II o‘rin

9. Yetiyev Anvar Amon ugli – xirurgiya III o‘rin

10. Yarasheva Shaxlo Umid qizi – akusherlik va ginekologiya II o‘rin

11. Narbayeva Dilnaz – akusherlik va ginekologiya III o‘rin

12. Tixonov Vladislav Sergeevich – nevrologiya III o‘rin

13. Urokova Vazira Xamidovna – pediatriya II o‘rin

14. Naimjonov Xudoyor Qobiljonovich – patologik anatomiya III o‘rin

15. Abhishek Bali – ichki kasalliklar III o‘rin 

16. Bagdayev Aleksey Vitalyevich – sud tibbiyoti

27. Jurayev Shohjaxon – oftalmologiya

Iqtidorli talabalarni bu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!