BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI JIU-JITSU BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KUBOGI — 2026” MUSOBAQASIDA SOVRINLI O‘RINLARNI EGALLADI

41101bbc-9c57-40f0-8a29-d35aa27198b7

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI JIU-JITSU BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KUBOGI — 2026” MUSOBAQASIDA SOVRINLI O‘RINLARNI EGALLADI

​Toshkent shahrida jiu-jitsu bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi — 2026” musobaqasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Safara Vazira muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
​Respublikaning barcha hududlaridan kelgan sportchilar o‘rtasida kechgan murosasiz bellashuvlarda institut Tibbiyot fakulteti pediatriya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Safara Vazira U-21 yosh toifasida (45 kg gacha bo‘lgan vaznda) ikkita yo‘nalish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi:

​— Ne-Waza: 3-o‘rin;
— No-Gi: 3-o‘rin.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati