Buxoro davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “Somoniylar” istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi
22.04.2026 2026-04-22 15:26Buxoro davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “Somoniylar” istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “Somoniylar” istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan “Somoniylar” istirohat bog‘ida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘zbek xalqining urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi kelin salom, beshik to‘yi kabi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, ming yillardan buyon davom etib kelayotgan etnosport turlari — kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, chillik hamda besh tosh kabi milliy o‘yinlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Sayl davomida mehmonlar, talabalar hamda xorijlik sayyohlar an’anaviy xalq tomoshalari, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.