BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti texnikum va kollejlar bilan muntazam hamkorlik olib bormoqda.

photo_2022-04-15_17-48-51

Buxoro davlat tibbiyot instituti texnikum va kollejlar bilan muntazam hamkorlik olib bormoqda.

Prezidentning joriy yil mart oyida tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sohaga oid qator masalalar ko‘tarilib, ular orasida tibbiy ta’lim sifatini oshirishga alohida qaralgan edi.

Ochiq muloqotdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida  BuxDTI o‘ziga biriktirilgan 7ta jamoat salomatligi texnikumi va tibbiyot kollejlari bilan muntazam uslubiy va hamkorlik aloqalari olib bormoqda.

Shu kunlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari Navoiy viloyatidagi Navoiy shahri, Xatirchi, Zarafshon shahrida joylashgan texnikum va kollejlarda bo‘lib, talabalarga  mahorat darslarini o‘tib kelmoqda.

Shu bilan birga, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qiituvchilari bilan uslubiy va amaliy tajriba almashmoqda.