BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tojikiston Respublikasida xizmat safarida

photo_2024-05-27_10-00-40

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tojikiston Respublikasida xizmat safarida

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik liseyda xorijiy davlatdan o‘quvchilarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadida institut TSNQB boshlig‘i Salim Davlatov, xalqaro tibbiyot fakulteti dekani Dilnoza Hasanova TSNQB bosh mutaxassisi Rustam Navro’zov Rashidovich va institut akademik liseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azamat Xodjiyev Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahriga xizmat safari bilan bo‘lishmoqda. Safar chog‘ida delegatsiya a’zolari Tojikiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘razoda Jamshed Habibullo va Xalq ta’limi vazirligi xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar Xudoyzoda Farrux Begidjon bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida BDTI akademik lisey haqida ma’lumot berilib, Tojikiston Respublikasining halq ta’limi tizimidagi maktablarning 9 – sinf bitiruvchilarini oxirgi ikki o‘quv yilini Buxoroda davom ettirilishi yuzasidan hamda mazkur liseyni bitirishgach institutda davom ettirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.