Buxoro davlat tibbiyot instituti va Dayejon universiteti hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
12.02.2025 2025-02-13 11:18Buxoro davlat tibbiyot instituti va Dayejon universiteti hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Buxoro davlat tibbiyot instituti va Dayejon universiteti hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
🏛Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Janubiy Koreyaning Dayejon universiteti bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Ushbu tashabbus xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlarni ochishga qaratilgan.

⛈Muloqot davomida ikki oliygoh vakillari o‘z muassasalari haqida ma’lumot berib, tajriba almashdilar. Dayejon universiteti 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungacha 80 mingdan ortiq tibbiy kadrlar tayyorlagan. Ushbu universitet Janubiy Koreyada tibbiyot sohasida yetakchi muassasalardan biri hisoblanadi.

📌Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishga tushirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi.

➡️Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Bu esa tibbiyot ta’limi va tadqiqotlarini xalqaro standartlar asosida olib borish, hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

✔️Ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va tibbiyot sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi va kelajakda yanada kengayishi kutiladi.