Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya: sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda
10.05.2025 2025-05-12 10:21Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya: sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya: sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda
Bugungi kunda xalqaro hamkorlik har bir oliy ta’lim muassasasining strategik rivojida muhim o‘rin tutadi. Ana shunday samarali hamkorlik namunasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Turkiya Respublikasining yetakchi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasidagi aloqalarda ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Joriy yilning may oyida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikhan boshchiligidagi delegatsiyaning Buxoroga safari mazkur hamkorlikni yana-da mustahkamlashda yangi sahifa ochdi. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash hamda Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Khemaliddin Aydin ham ishtirok etdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Mehnat muhofazasi, tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ilmiy va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirish, shuningdek, Buxoroda faoliyat yuritayotgan Sog‘liq bilimlari universiteti filiali imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ahamiyatlisi, 2019 yildan buyon Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti hamkorligida to‘rtta yo‘nalishda kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur dasturlar asosida ta’lim olgan mutaxassislar bugungi kunda yuritimiz sog‘liqni saqlash tizimining turli bo‘g‘inlarida samarali mehnat qilmoqda.

Uchrashuv davomida institut rektori, professor Shuhrat Teshayev o‘z so‘zida bu hamkorlikdan mamnun ekanini ta’kidlar ekan, istiqbolda yana-da keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, mehmonlarga o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi ramzi sifatida milliy tön tuhfa etildi.

Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va tibbiyot sohasidagi hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlamoqda, balki yuritimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash hamda Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Kemaliddin Aydin tashrif buyurdi.