Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning Inönü universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
09.10.2025 2025-10-10 10:57Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning Inönü universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning Inönü universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
9-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiyaning nufuzli Inönü universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori boshchiligidagi mas’ullar – professor Ali Özer – prorektor, professor Mehmet Aslan – Davolash fakulteti dekani, hamda doktor Ahmet Turan – Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etishdi. Mehmonlarni institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayev hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Laziz Niyazov samimiy kutib oldilar.


Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichini belgilovchi muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy aloqalarni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va grantlar ustida ishlash, shuningdek, amaldagi hamkorlik memorandumini yangilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida Buxoro davlat tibbiyot instituti va Inönü universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat tibbiyot sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish, o‘quv jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o‘zaro almashinuv dasturlarini amalga oshirishga huquqiy asos yaratadi.
Tashrif doirasida turkiyalik mehmonlar institut muzeyini ham ko‘zdan kechirdilar.
Ushbu uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlab, xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi sahifasini ochdi.

