Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Janubiy Koreyada
14.12.2023 2023-12-17 17:16Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Janubiy Koreyada
Ayni damda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Laziz Niyozov hamda Xalq tabobati kafedrasi professori Xolmurod Qayumov Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turishibdi.


Xizmat safari davomida vakillarimiz Janubiy Koreya sog’liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi “Nikom” kompaniyasi rahbari Changhyun Jeong hamda “Kompas” kompaniyasi rahbari Kang Heejung bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Institut delegasiyasi ikki kompaniya bilan hamkorlik memorandumi imzolashdi. Shartnomaga ko’ra ilmiy tadqiqot ishlari, xalq tabobati asosida dori-darmonlar ishlab chiqish sohasida hamkorlik yo’lga qo’yiladi. Bu borada kadrlarni tayyorlash va stajirovkalarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


NIKOM kompaniyasi prezidenti Changhyun Jeong tashabbusi bilan ikki davlatlar hamda Sog’likni saqlash vazirliklari bilan xamkorlikda dorivor o’simliklarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish mumkinligi taklifi ilgari surildi.
Vakillarimizning Janubiy Koreyaga safari davom etmoqda.
